Oburdon ustunlari

Oburdon ustunlari — Zarafshon daryosining yuqori qismidagi oburdon qishlog’idan topilgan yog’och ustunlar. 1920 yil etnograf M.S.Andreyev tomonidan topilgan. Oburdon ustunlari Somoniylar madaniyatini aks ettiruvchi noyob yodgorlik. Zarafshon o’ymakorlik usulida ishlangan yog’och yodgorliklarning ko’pchiligi mahalliy usta-o’ymakorlar tomonidan yasalib, masjid va imoratlarga ishlatilgan. Ustunlarning naqshlari o’simlik va hayvonlar suratidan iborat. Oburdon ustunlari Oybek nomidagi O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.