Ob’yektivizm

Ob’yektivizm — dunyoqarashdagi, ijtimoiy fanlardagi, adabiyot va san’atdagi yo’nalish. Sub’yektivizmning aksi. Voqelikni to’g’ri bilish ijtimoiy hodisalarni sinfiy tahlil etishni rad qiladi. Unga ko’ra, ilmiylik partiyaviylikdan va sinfiylikdan xoli bo’lmog’i lozim; qadriyatlar va maqsadlarni ijtimoiy-tanqidiy baholashdan, mushoxadalashdan saqlanish, falsafiy va axloqiy masalalardan, ayniqsa, partiyalarning xulosalaridan chetda turish yo’li bilangina ob’yektiv bilimga ega bo’lish mumkin.