Oddiy o’g’it

Oddiy o’g’it — tarkibida o’simliklar uchun asosiy oziq moddalardan biri bo’lgan o’g’it. Bu nom shartli ravishda berilgan. Chunki Oddiy o’g’it tarkibida asosiy oziq moddalardan tashqari boshqa aralashmalar — oltingugurt, magniy, kaltsiy va boshqa mikroelementlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, oddiy superfosfatda 14-20% fosfor mavjud, qolgani kaltsiy, oltingugurt va boshqa elementlardan iborat. Oddiy o’g’it azotli, fosforli, kaliyli va hokazolar bo’ladi. Qishloq xo’jalik ekinlarni oziqlantirish paytida zarur oziq moddalar to’plamini olish uchun ularni ko’pincha aralashtirish kerak.