ODDIY SIYOSIY ONG
ODDIY SIYOSIY ONG — inson zotini o’rab turgan siyosiy muhit ta‘sirida shakllangan sodda, jo’n haqiqat, hayotiy aql-idrok, uncha to’g’ri bo’lmagan tushuncha, ishonch kabi ijtimoiy element-unsurlardan tarkib topadi. U siyosiy hayotga yuzaki qarash, voqea-hodisalarni tashqi ko’rinishlariga qarab baholash, kundalik manfaat ehtiyojlarga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ladi. Shunga qaramasdan oddiy siyosiy ong inson faoliyatining turli sohalarida ko’zga tashlanadi. Chunki, uning sub‘yekti har qachon barcha insoniy xislat fazilatlardan holi bo’lmagan aniq odamdir.