Odoq

Odoq (oyoq so`zidan) — daryo va soylar etagi, quyilish yeri, ba’zan o`rta oqimi sohillaridagi tekis pastlik yerlar. Odoqlarni toshqin vaqtida ba’zan suv bosadi, yer osti suvlari yuza bo`lib, daryo suvining sathiga qarab o`zgarib turadi. Tuprog`i, ko`pincha, sho`rtob-botqoq bo`lib, qamish, qo`g`a, yulg`un, sho`ra, ajriq bilan qoplanib yotadi.