O’GAY ONA

O’GAY ONA— boshqa nikohdan bo’lgan bolaning onasi. Oila qonunchiligida O’gay ona bilan o’gay bola o’rtasidagi muayyan huquqiy munosabatlar ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga ko’ra, O’gay onaning tarbiyasida yoki ta’minotida bo’lgan voyaga yetmagan o’gay o’g’il va o’gay qizlarning ota-onasi yo’q bo’lsa yoxud o’z ota-onasidan etarli mablag’ ololmayotgan bo’lsa, ularga ta’minot berish majburiyati O’gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. O’z navbatida, o’gay bolalar zimmasiga ham ular voyaga yetganda shunday majburiyat yuklanishi mumkin. O’gay onaga o’gay o’g’il va o’gay qizdan aliment undirishni talab qilish huquqini beradigan asosli shartlarga qonun quyidagilarni kiritadi. O’.o.ning mehnatga layoqatsizligi (ya’ni, umumiy pensiya yoshiga yetganlik yoki 1, 2 guruh nogironligi, istisno tariqasida — 3 guruh nogironligi), shuningdek, O’gay onaning o’z o’gay o’g’illari yoki o’gay qizlariga kamida besh yil tarbiya va ta’minot berganligi fakti tasdiqlangan bo’lishi kerak (O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 127, 128-moddalari).