O’GAY OTA

O’GAY OTA — boshqa nikohdan bo’lgan bolaning otasi. O’gay ota o’gay bolalar (o’gil va qizlar)ga nisbatan shaxsiy huquq va majburiyatlarga ega emas. O’gay ota va o’gay bola (o’g’il va qizlar) o’rtasida hech qanday qarindoshlik fakti mavjud emas. Oila qonunchiligiga ko’ra, O’gay ota va o’gay bola o’rtasida mulkiy huquq hamda majburiyatlar vujudga kelishi mumkin. Agar O’gay otaning tarbiyasi va ta’minotidagi voyaga нetmagan bolalar ota-onalari bo’lmasa yoki o’z ota-onalaridan ta’minot uchun нetarli mablag’ ololmasalar, O’gay ota ularga ta’minot berishga majburdir. O’z navbatida, o’gay bolalar o’zlarini ma’lum davrda tarbiyalagan yoki ta’minlagan O’gay ota mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bo’lib qolgan taqdirda, uni moddiy jihatdan ta’minlashi kerakligi ham qonunda nazarda tutilgan (O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 128-moddasi).