Ohaklisoy

Ohaklisoy — Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi soy. Qoratepa tog’ining Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 37 kilometr. Darg’om kanaliga quyiladi. Havzasining maydoni 71 km2. Vodiysining eni 1-2 kilometr, tog’dan chiqqach, katta yoyilma hosil qiladi. Qor, yomg’ir va buloqlardan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,95 m3/sek. Oqim moduli 16 l/ sekund km2. Suvining asosiy qismi (60— 75%) bahorda oqadi. Irmoqlarining umumiy uzunligi 100 kilometrdan ortiq. Eng yirik irmog’i — Oqbuvrasoy. Soy vodiysi juda xushmanzara, Samarqand shahriga yaqin bo’lganidan u yerda dam olish uylari, davolash muassasalari, sport maydonlari barpo qilingan.