Oila

Oila (Familia) — biologiya sistematikasida taksonomik kategoriya. Tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra, bir-biriga yaqin bo’lgan urug’lar (o’simliklarda turkumlar)ni birlashtiradi. Mushuksimonlar Oilasi Mushuklar, qoplonlar, Gepardlar urug’ini hosil qiladi. Ayrim Oilalar juda ko’p, boshqalari ozroq turkumlarni o’z ichiga oladi. Masalan, qoqidoshlar 1000 ga yaqin, anordoshlar 1 ta turkumdan tashkil topgan. Oilaning lotincha nomi tipik urug’ning lotincha nomiga idae (zoologiya va virusologiyada) va aseae (botanika, mikologiya, bakteriologiyada) qo’shimchasini qo’shish orqali hosil qilinadi. Yirik Oilalar ba’zan kenja Oila, tribalar va kenja tribalarga ajratiladi. Kenja Oilaning lotincha nomi urug’nomiga inae qo’shilishidan hosil bo’ladi. O’zaro yaqin Oilalar zoologiyada turkumlarga yoki botanikada tartiblarga birlashtiriladi.