OKKUPATSIYA

OKKUPATSIYA, (harbiy okkupatsiya) (lot. occupatio — egallash, bosib olish) — xalqaro huquqda — urush olib borayotgan tomonning qurolli kuchlarining dushman hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy Okkupatsiya rejimi 1907-yilgi 4-Gaaga konvensiyasi va ―Fuqaro va aholini himoya qilish to’g’risidagi Jeneva konvensiyasi (1949) bilan tartibga solinadi. Bu hujjatlarda Okkupatsiya qilib turgan hokimiyat o’zi egallagan joylarda tartibni saqlashi, fuqarolarning sha‘ni, oilaviy huquqlari va hayotini hurmat qilishi, mol-mulk, madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, Okkupatsiya qilingan hududning siyosiy taqdiri to’g’risidagi masalani hal etmasligi va shu kabilar nazarda tutilgan. Okkupatsiya rejimini buzish xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar bo’lgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb qaraladi.