Okop
Okop (ruscha xandaq, chuqur)-harbiy ishda jonli kuchlar va jangovar texnikani dushman o’tidan pana qiladigan, jangovar marra (pozitsiya) vazifasini o’taydigan harbiy muhandislik inshooti. Bobur va Shayboniyxon qo’shinlarida Okop “mo’ljar” istilohi bilan ataladi. To’fang va miltiqning paydo bo’lishi (XVI asr 1-yarmi) natijasida, Okopga ehtiyoj sezildi. Okopning keyingi taraqqiyoti o’yiq stvolli qurollarning paydo bo’lishi bilan bog’liq (XIX asr 2-yarmi). Odatda, Okop bir kishi, bo’lim, pulemyot, monomyot, to’p, tank va boshqalar uchun mo’ljallangan bo’ladi.