Oksford

Oksford — Buyuk Britaniyadagi shahar, London shahridan shimoli-g’arbda, Temza daryosi bo’yida joylashgan. Oksford- shir grafligining ma’muriy markazi. Aholisi 132 ming kishi (1999). Poligrafiya sanoati rivojlangan, avtomobilsozlik, elektrotexnika korxonalari mavjud. Shahar qo’lyozmalarda 912 yildan tilga olingan. Qadimgi universitet shaharlaridan (12-asrda universitet tashkil etilgan). Ingliz gotika uslubida qurilgan universitet kollejlarining kompleksi shahar qiyofasiga alohida ko’rinish beradi. 1541 yildan Angliya episkopining qarorgohi. Me’moriy yodgorligi ko’p. Oksford universiteti, teatr, kutubxona, muzey va boshqalar bor.