Oksigemoglobin

Oksigemoglobin (oksi… va gemoglobin), NO2 — molekulyar gemoglobinning kislorod bilan birikmasi; o’pkadan to’qimalarga kislorod yetkazib beradi. To’qimalarda oson parchalanadi. Arterial qonning och qizil rangi Oksigemoglobinga bog’liq. Bunda gemoglobin tarkibiga kiradigan temirning valentligi o’zgarmaydi. Issiq qonli hayvonlar va odamda kislorodning ko’proq qismi to’qimalarga Oksigemoglobin tarkibida boradi.