Ol
Ol (aldamoq so’zidan) — o’rta asrlarda Movarounnaxrda dushmanni chalg’itish maqsadida qo’llanilgan hiyla, taktik usul. Kichik bir qismni chekinishga buyurib, uni ta’qib qilib, hujumga o’tgan dushmanni pistirma iskanjasiga olingan. Ol usullaridan biri to’lg’ama deb atalgan. Oldan Chingizxon, Amir Temur va Abdullaxon II o’z yurishlarida ustalik bilan foydalangan.