O’LAKSAXO’R QO’NG’IZLAR
O’LAKSAXO’R QO’NG’IZLAR — qo’ng’izlar oilasi. Uzunligi 6-40 millimetr. Mo’ylovlari to’g’nog’ichsimon. Qurtlari yassi, harakatchan, zahkashlarga o’xshash. 1500 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan; odatda, mo’tadil iqlimda yashaydi. Ko’pchiligi o’laksaxo’r, ba’zan go’ng va zamburug’lar bilan oziqlanadi, ayrim turlari o’simlikxo’r yoki yirtqich. Organik qoldiqlarni o’zlashtirishi orqali; ayrim turlari entomofag sifatida foyda keltiradi. Masalan, 4 nuqtali O’laksaxo’r qo’ng’izlar tengsiz ipak qurti, odimchilar qurtini qiradi. 5prpa urug’i turlari qand lavlagi va g’alla ekinlariga ziyon keltiradi. O’zbekistonda bir necha turi, jumladan, go’rkov qo’ng’iz uchraydi.