Oligosen

Oligosen (oligo… va kainos — yangi) — paleogen sistemasi (davri)ning yuqori bo’limi. 1855 yilda nemis geologi G. Beyrix tomonidan ajratilgan. Geologlar orolini 2 (ba’zi tadqiqotchilar esa 3 ta) qismga bo’ladilar. O’zbekistonning qamma hududlarida Oligosenga mansub Sumsar qatlamlari ajratilgan. Oligosen yotqiziqlaridagi yirik neft konlari Farg’ona botig’idagi Sho’rsuv-4, Cho’ng’ara-G’alcha, Shimoliy So’x, Chaur-Yorqo’ton, Xonqiz, Avval, Polvontosh, Andijon, Xo’jaobod, Bo’ston konlari (3-, 4 — neft-gazli gorizontlar) da uchraydi.