Olimlar uyali tarmoqlardagi nosozliklarni oldindan bashorat qilish yo‘lini topdilar

Rossiyalik olimlar fazali o‘tish va sirt o‘sishini o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan hisoblash fizikasi usullarini qo‘llash orqali uyali tarmoqlarning ish faoliyatini yaxshilash yo‘lini topdilar. Oliy Iqtisodiyot maktabi tadqiqotchilari ushbu usul tarmoq yomon ishlay boshlashi mumkin bo‘lgan muhim daqiqalarni aniq bashorat qilish imkonini berishini aniqladilar.

Yangi yondashuv dotsent Liliya Jukova va Hisoblash fizikasi laboratoriyasi rahbari Lev Shchur tomonidan ishlab chiqilgan. Ular jarayonni parallel ishlov berish uchun ko‘plab quyi tizimlarga bo‘lib, parallel diskret hodisalarni modellashtirish (PMDS) texnikasidan foydalanishdi, deya xabar beradi universitet matbuot xizmati.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, fizik usullar mumkin bo‘lgan aloqa uzilishlari va tayanch stansiyalarda yuk o‘zgarishini tez va aniq aniqlash imkonini beradi. fOlimlar ularning texnikasi mobil tarmoqlarni rejalashtirish va boshqarish, ularning ish faoliyatini yaxshilash va nosozliklarning oldini olish uchun yanada samarali vositalarni yaratishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

manba: ict.xabar.uz