Olimov Hamidjon

Olimov Hamidjon (1948.2.12, Oxunboboyev tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1972). 1966— 76 yillarda va 1994 yildan Oxunboboyev tumanidagi 8-maktabda to’garak rahbari, matematika o’qituvchisi, 1976-94 yillarda 13-maktabda ilmiy bo’lim mudiri va matematika o’qituvchisi. Ish faoliyati davomida o’quvchilarni ixtirochilikka o’rgatdi, maktabda matematika bo’yicha namunali fan xonasi tashkil etib, uni turli o’quv qo’llanmalari va ko’rgazmali qurollar bilan boyitdi.