Olimpiada
Olimpiada (Yunoncha olympias) — 1) ikkita Olimpiada o’yinlari o’rtasidagi 4 yil muddat (Yunonistonda va hozir); Yunonistonda yil hisoblash birligi (milodiy 394 yilgacha). Miloddan avvalgi 776 yil 1- Olimpiada yili hisoblanadi; 2) hozirgi davrning eng yirik xalqaro sport musobaqalari; 3) o’quvchilar, talabalarning biror fan sohasi bo’yicha bilimlarini sinash musobaqasi, ko’rik, tanlov (masalan, maktab o’quvchilarining matematika Olimpiadasi).