Oliy matematika
Oliy matematika — texnika, iqtisod, qishloq xo’jaligi va boshqa maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladigan matematika bo’limlaridan iborat kurs. Oliy matematika kursiga, asosan, analitik geometriya, oliy algebraning ayrim qismlari, differentsial hisob, integral hisob, differentsial tenglamalar kiradi. 20-asr 70-yillarida Oliy matematikaga matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli dasturlash va boshqa sohalar ham qo’shildi. Ba’zan, mat.ning o’rta maktab dasturiga kiritilmagan qismi Oliy matematika deb tushuniladi. Bu noto’g’ri, chunki o’rta maktab matematika dasturiga matematikaning ko’p sohalari, jumladan, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasining ma’lum qismlari kiritilgan.