Oltin rudalari

Oltin rudalari — tarkibida oltin bo`lgan tog` jinslari. Oltin ruda konlari tub konlarga va sochma konlarga bo`linadi. Tub konlar orasida tarqoq bo`lsa ham tarkibida oltin bo`lgan kvars yertomirlar katta rol o`ynaydi. Sochma konlar tub konlarning nurashi va suvning boshqa joylarga olib borib tashlashi natijasida paydo bo`ladi. Sochma konlardan vazni bir necha kg keladigan tug`rma oltin parchalari ham topiladi. Oltin tangalar zarb etish, aniq va oksidlanmaydigan jihozlar, zebu-ziynat buyumlari ishlash, tish qo`yish uchun foydalaniladi.