Oltingugurtli o’g’itlar
Oltingugurtli o’g’itlar — tarkibida oltingugurti bo’lgan va o’g’it sifatida ishlatiladigan birikmalar. Kaliy, magniy, ammoniy sulfatlari, fosfogips va boshqalar, shuningdek, qisman oltingugurti bo’lgan jinslar Oltingugurtli o’g’itlar sifatida qo’llaniladi. O’simliklar uchun qor-yomg’ir, go’ng va boshqa organik o’g’itlar oltingugurtning yaxshi manbai hisoblanadi. Oltingugurtli o’g’itlar tarkibida oltingugurt kam bo’lgan sho’rxok va boshqa yerlarda qo’llaniladi; qumoq kulrang tuprokli yerlarda kuproq samara beradi. Tuproqqa yiliga yogin bilan birga gektariga 8 kilogrammgacha oltingugurt angidridi (SO3) tushadi. Oltingugurtli o’g’itlar ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlariga, ayniqsa, tanasida ko’p mikdorda oltingugurt tutadigan va uni aksariyat hollarda kamida fosforga teng miqdorda o’zlashtiradigan butguldoshlar, dukkakdoshlar, kungaboqar va kartoshka uchun foydali. Oltingugurtli o’g’itlar bilvosita o’g’it tarzida ham ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: tuproqdagi ortiqcha ishqoriylikni kamaytiradi, neytrallaydi, qiyin eruvchi fosfatlarning o’zlashtirilishini oshiradi, sa, K, Mg, Fe larning eruvchanligini kuchaytiradi.