Oltoylar

Oltoylar (o’zlarini — Oltoy-kiji deb ataydilar) — Oltoy Respublikasidagi xalq (59 ming kishi). Rossiya Federatsiyasida jami 69 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Quyidagi etnografik guruhlarga bo’linadi: Oltoy-kiji, telengitlar, teleslar, teleutlar, tubalorlar, chelkanlar, kumandinlar. Oltoy tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, bir qismi baptistlar, an’anaviy diniy e’tiqodlar saqlangan.