Ommaj
Ommaj (fransuzcha homage)-feodal davrning marosimlaridan biri; o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada vassallik shartnomasi tuzishni tasdiqlagan qasamyod. Bo’lajak vassal qurolsiz, bir tizmasida (ikkita tizzada faqat qullar va krepostnoy dehqonlar) o’tirgan holda, boshyalang holatda syuzerenning qo’lini kaftlari orasiga olib uni vassallikka qabul qilishini so’ragan. VIII asrda Ommaj sodiqlik qasami (fua) bilan uyg’unlasha boshlagan.