Onagr

Onagr (lotincha onargus, yunoncha onagros-ayni ma’nosi yovvoyi eshak)-Qadimgi Rimda qal’ani ishg’ol etish va himoya qilishda qo’llanilgan ulkan hajmli katapulta turi. Onagrdan toshlar, yonuvchi moddalar to’lg’azilgan bochkalar va boshqalar irg’itilgan. Onagr haqidagi dastlabki qaydlar IV asrga tegishli, lekin arxeologik topilmalar III asrda paydo bo’lganini ko’rsatadi. IV asrda yashagan muallif Vegetsiy legionda 10 ta Onagr bo’lganini aytadi. Onagr Mertsellin tomonidan batafsil tasvirlangan.