O’NARCHA

O’NARCHA — Qirg’iziston Respublikasi Norin viloyatidagi Daryo, Norin daryosining o’ng irmog’i. Noringa Norin shahridan 16 kilometr quyiroqda quyiladi. Uzunligi 75 kilometr, havzasining maydoni 1570 kilometr kvadrat. Kapkatos tizmasining yon bag’ridan shimolroqda, Qumbel dovonidan 1 kilometr Sharqda, 3600 metr balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida (Ko’kto’rpoq chap irmog’i quyilgungacha) Sultonsari nomi bilan yuritiladi. Asosiy irmoqlari yuqori oqimida: Archalu, Ichkebash, Chunqursu, Ottuk (o’ngdan). Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi boshlanishidan 18 kilometr quyida (O’narcha qishlog’i yonida) 9,9 m3/sek. To’linsuv davri mart — avgustda. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 15,2 m3/sek.dan (ko’p suvli yilda) 4,78 m’/sek.gacha (kam suvliyilda) o’zgaradi. Dekabr—Fevral oylarida daryoda muz oqadi. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega.