ONG (SIYOSIY)

ONG (SIYOSIY) — shaxsning siyosiy sohada faoliyat ko‗rsatishi, mavjudligini ta‘minlovchi ma‘naviy tizilmalarning birligi, uning siyosatda o’ziga xos vazifalarini bajara olishi, boshqaruv organlari bilan muloqot qila olishi, huquq va erkinliklarini amalga oshirishda ma‘suliyatni his qila bilishi va hokazo. Siyosiy ong inson o’zining biror guruhga mansub ekanligini idrok etishi, hokimiyat bilan bog’liq hodisalarga munosabatining aniq — ravshanligini, belgilanganligi bilan, o’zining biron siyosiy yo’nalishiga (masalan, liberalizmga, konservatorlarga va hokazo) mansubligini aniqlanganligi asosida shakllanadi.