Onsager (Onsager) Lare
Onsager (Onsager) Lare (1903.27.11, Kristianiya, hozirgi Oslo — 1976.5.10, Koral-Geybls, Florida) — amerikalik fizik va fizik-kimyogar, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1947 yildan). Tronxeymdagi Oliy texnika maktabini tugatgan (1925), AQSh ga kuchib kelganidan boshlab (1928) u yerdagi universitetlarda, 1933 yildan boshlab iel universitetida ishlagan (1945 yildan professor). Ilmiy ishlari elektrolitlar nazariyasi, qaytmas jarayonlar nazariyasi, fazaviy o’tishlar nazariyasi, kvant suyuqliklar dinamikasiga oid. Eritmaning elektr o’tkazuvchanligini uning kontsentrasiyasi bilan bog’lovchi tenglama (Onsager tenglamasi) ni keltirib chiqargan (1926); kinetik koeffisientlarning simmetriklik printsipi (onsager teoremsi)ni kashf etgan (1931). Nobel mukofoti laureati (1968).