Operativlik san’ati

Operativlik san’ati — harbiy san’atnnng tarkibiy qismi; urush harakatlari maydonlarida qurolli kuchlar turlarining operativ birlashmalari tomonidan birgalikda yoki mustaqil operasiya (amaliyot) va jangovar harakatlarni tayyorlash va amalga oshirish nazariyasi va praktikasi masalalarini o’z ichiga oladi. Hujum, mudofaa, qo’shinlarni operativ qayta guruhlashni tashkil etish, uni amalga oshirishni o’rganadi va ishlab chiqadi. Operativlik san’ati strategiya bilan taktika oralig’idagi san’at bo’lib, ular o’rtasida bog’lovchilik rolini o’ynaydi.