Operetta nima?
Hafif musiqali teatr shakli operetta deb ataladi. Bu — kuyga solingan sentimental drama. Operettadagi voqealar o’rni — bu, odatda chiroyli dekoratsiyalar va liboslar bilan yaratilgan haqiqiyga yaqin dunyo yoki xushmanzara maskan. Bosh qahramonlardan aksariyati — shahzodalar va shoh qizlari, ofitser kiyimidagi erkaklar va chiroyli liboslarga burkangan oliyalar. Operetta mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, — bu deyarli har doim qandaydir sentimental ishqiy mojaro. Ezgu odamlar tantana qiladilar, yovuzlar — jazolarini topadilar, ma’shuq va ma’shuqalar pirovardida murod-maqsadlariga yetishadilar. Operetta XIX asr oxirlariga yaqin olmoncha so’zlashuvchi mamlakatlarda kurtak yozdi. Frans fon Zuppo — haqiqatan musiqali teatrning bu shaklini yaratgan inson sanaladi. U komediyaga emas, romantika va his-tuyg’uga alohida e’tibor beradi. U musiqali partiturada valsga muhim mavqe ajratgan ilk kompozitorlardan biri edi va shundan so’ng aksariyat operettalarga katta valsli sahnalarni kiritadigan bo’lishdi. Iogann Shtraus bir qancha eng mashhur operettalarni bastaladi va janrning asosiy xossalariga hayot baxsh etdi. Uning «Ko’rshapalak» operettasi — biloshak barcha zamonlarda yaratilgan operettalarning eng mashhurlaridan biri. U hali ham dunyoning ko’pgina sahnalarida qaytadan yaratiladi. Barcha zamonlarda bastalangan eng mashhur operettalardan ikkinchisi, aftidan, Frans Legarning “Xushchaqchaq beva»sidir. XIX asr oxirlarida operettalar Qo’shma Shtatlarda ommaviylashdi, tez orada ancha-muncha tanilgan operettalar bastalagan bir talay amerikalik bastakorlar paydo bo’lishdi. Ular orasida «Bolakaylar qo’g’irchoqlar diyorida» va «Injiq Marietta» ni bastalagan Viktor Gerbert va «Rozmari» va «Daydi qirol»ni yaratgan Rudolf Frimllar bor. Aftidan Amerikaning buyuk operettalar bastalagan so’nggi kompozitori Zigmunt Romberg bo’lgan: «Sahro qo’shigi» va «Hilol» singari mashhur operettalarni bastalagan edi u. Operetta millionlab odamlarga olam-olam zavqu quvonch baxsh etgan tomosha shakli bo’lgan.