Optik giroskop

Optik giroskop — jismning aylanayotganligini bilishga va uning burchak tezligini aniqlashga imkon beradigan asbob. Ishi lazer nurlarining giroskopiklik xossalariga asoslanadi. Optik giroskopning datchigi vazifasini xalqasimon lazer o’taydi. U umumiy yoruglik kanali bo’yicha tor monoxromatik yorug’lik dastalari tarzida tarqalib, bir-biriga ro’para harakatlanayotgan ikki yorug’lik to’lqinlarini generasiyalaydi (hosil qiladi). Halqasimon lazerning rezonatori bitta umumiy qattiq asosga biriktirilgan 3 ta (yoki ko’proq) ko’zgudan iborat. Bu ko’zgular berk sistemani hosil qiladi. Yorug’lik dastalarining shu ko’zgulardan o’tishi farqi bo’yicha giroskopiklik xossalari namoyon bo’ladi.