Oq shaftoli
Oq shaftoli — mahalliy nav. Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida mahalliy oq shaftolilarning katta guruhi ichidan tanlash usulida chiqarilgan (A.S. Cherevatenko, 1936). Daraxti kuchli o’sadi. O’rtacha shoxlanadi. Guli ikki jinsli, pushti, oq rangda, o’zidan changlanadi, mevasi o’rtacha 100— 110 gramm, rangi oqish- ko’kimtir-yaltiroq. Pusti mayin tukli, etidan oson ajraladi. Eti oq, yumshoq, shirali, tarkibida 11 — 13% qand, 0,52% kislota bor. Ko’chati o’tqazilgach, 3-yildan muntazam hosil beradi. 7-9 yoshida eng ko’p (70-90 kg) hosil beradi. Hosildorlik davri 12-15 yil sovuqqa bardoshli. Avgustning 2-3-o’n kunligida pishib etiladi, bandi bo’sh. Yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, konserva qilinadi.