Oqbel tog’lari
Oqbel tog’lari — Farg’ona botig’ining g’arbiy qismida (Tojikiston hududida) joylashgan. G’arbdan shimoliy-sharqqa 35 kilometr cho’zilgan, eni 800 metrgacha. Eng baland joyi 954 metr. Shimoliy- Sharqiy qismidagi tepaliklar Qiziljar deb ataladi. Tog’larning yon bag’ri uning g’arbiy va Markaziy qismida Qayroqqum suv ombori qirg’og’idan tik ko’tarilgan. Shimoliy yon bag’ri nishabroq, quruq soylar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan Oqbel braxiantiklinal bo’lib, yangi tektonik harakatlar ta’sirida ko’tarilmoqda. Gil, alevrolit, konglomerat, gips, tuzlar kabi tog’jinslaridan tuzilgan. Qiziljar deb ataluvchi qismida tuzlarda turli karst relef shakllari (Voronka, quduq, arka, tunnel, g’or, Karr) hrsil bo’lgan. Ayniqsa, karst voronkalari keng tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental, ko’p yillik o’rtacha yog’in miqdori 100 mm ga yaqin. Bo’z tuproklar tarqalgan, o’simlik qoplami siyrak, shuvoq-efemerlar o’sadi.