Oqqopchig’ay
Oqqopchig’ay — Surxondaryo viloyatidagi soy. Surxondaryoning o’ng irmog’i. Hisor tizmasining Janubiy- Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 61 kilometr, havzasining maydoni 65,4 km2. Yuqori oqimida tor darasimon vodiyda oqadi. Oqqopchig’ay darasigacha o’zanining kengligi 6-8 metr, quyi oqimida 80-150 metrgacha kengayadi. Qor, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Oqqopchig’ayga bahorda vaqtincha oqar soylar quyiladi. O’rtacha yillik suv sarfi 4,9 m3/sekund.