Oqsoqollar

Oqsoqollar-qariya, muysafid, katta, boshliq, arbob. Xiva xonligida mansabdor va hurmatli kishilar bo’lib, ular elchilarni qabul qilar yoki boshqa tantanali marosimlarda qatnashar edilar. Shuningdek, o’rta asrlarda butun O’rta Osiyo hududida qishloq jamoasi boshlig’i ham oqsoqollar deb atalgan. Toshkent va Turkiston o’lkasining boshqa shu kabi yirik shaharlaridagi daha boshliqlari ham oqsoqollar deb atalgan.