Oqsoqotasoy
Oqsoqotasoy — Toshkent viloyatidagi soy. Chirchiqning yirik chap irmog’i. Chatqol tog’tizmasining Janubi- g’arbidan boshlanib, Barraj yaqinida Chirchiqqa quyiladi. Uzunligi 48 kilometr, havzasining maydoni 453 km2. Suv yig’ilish maydonining o’rtacha balandligi 1840 metr. Yuqori qismida tor, chuqur vodiydan oqadi. Chirchiq vodiysi tekisligiga chiqiladigan quyi qismida esa daryo vodiysi kengayadi. Eng yirik irmoqlari: Beldorsoy va Nurakotasoy. Qor-yomg’ir suvlaridan to’yinadi. To’lin suv davri aprel—iyunda, eng katta suv sarfi esa may oyida kuzatiladi. Iyul — oktabrda suvi kamayadi. O’rtacha oqim moduli 14l/ sekund km2. Eng ko’p suv sarfi 72,1 m3/sekund, eng kam suv sarfi 1,1 m3/sekund.