Oqtov

Oqtov (1964-91 yillarda Shevchenko) — Qozog’iston Respublikasi Mang’ishloq viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Kaspiy dengizidagi port. Mang’ishloq yarim orolida joylashgan. 1963 yilda, neft va gaz konining ochilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Aholisi 143,4 ming kishi (1999). Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, AES, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor.