Orbita

Orbita (lotincha orbita — iz, yo`l) — planeta, kometa, planeta yo`ldoshi, sun’iy yuldosh va boshqa osmon jinslarining yo`li, trayektoriyasi. Quyosh sistemasidagi ko`pchilik jismlarning orbitasi ellips shaklida bo`lib, uning markazida quyosh (planeta, kometalar, orbitalari) yoki planeta (planetalar yo`ldoshlari, Yerning sun’iy yo`ldoshlari orbitalarida) turadi. Tezligi 7,8 km/sek dan katta bo`lgan (birinchi kosmik tezlik) jism Yer atrofida ellips shaklidagi orbita bo`ylab harakat qiladi va Yerning yo`ldoshi bo`lib qoladi. Agar jism 11,2 km/sek tezlikda (ikkinchi kosmik tezlik) yoki undan ham katta tezlikda harakat qilsa, parabolik orbita bo`ylab, Yerdan uzoqlashib ketadi va yerga qaytib kelmaydi.