O’RDAKSIMONLAR

O’RDAKSIMONLAR g’ozsimonlar turkumiga mansub suvda suzuvchi qushlar oilasi. Tanasining uzunligi 29-150 santimetr. Tumshug’i qirralari bo’ylab joylashgan tishchalari va ko’ndalang plastinkalari filtrlovchi apparatni hosil qiladi. Ko’pchilik turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan: erkagi yirikroq va chiroyliroq, rangli bo’ladi. Dum usti bezlari yirik. Panjalarida pardasi bor. Patlari tig’iz joylashgan, parlar yaxshi rivojlangan. Ayrim turlari ucholmaydi. Ko’pchilik O’rdaksimonlar yaxshi sho’ng’iydi; ozig’ini suvdan yoki suv tubidan topib oladi. 47 urug’i, 150 ga yaqin turi bor. Yer yuzida keng tarqalgan. O’zbekistonda oqqushlar, yaezlar, cheravalar, oqboshlar, angirtlar, suralayg’ozlar, asl o’rdaklar, sho’ng’uvchi o’rdaklar va boshqalar urug’lariga mansub 25 turi tarqalgan; 8 turi uya quradi, qolgan turlari qushlar uchib o’tishi davrida uchraydi. O’rdaksimonlar juft bo’lib yashaydi, urog’ochisi 2 tadan 16 ta gacha tuxum qo’yib, jo’ja ochadi. Janubiy Amerikada tarqalgan ayrim turlari tuxumini boshqa qushlar iniga qo’yadi. Ko’pchilik O’rdaksimonlar ovlanadi.