O’RDUBODIY MUHAMMAD SAID
O’RDUBODIY MUHAMMAD SAID (Mamed Hoji og’a o’g’li, 1872.24.3, O’rdubod — 1950.1.5, Boku) — Ozarbayjon yozuvchisi va dramaturgi. Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1938). 1907— 11 yillarda Eron inqilobida ishtirok etgan. Dastlabki she’riy to’plamlari — «Beg’amlik» (1906), «Vatan va ozodlik» (1907). Mustabid tuzum va ma’rifatparvarlik g’oyalari aks etgan «ikki bolaning Yevropaga sayohati» (1908), «Baxtsiz millioner» (1904), «Tumanli Tabriz» (1938-48), «Kurashuvchi shahar» (1938), «Yashirin Boku» (1940) romanlari muallifi. «Qilich va qalam» romani (1-2- qism, 1946-48) Ozarbayjon xalqining mashhur shoiri Nizomiy Ganjaviyta bag’ishlangan. Uning dramalari, opera va operetta librettolari ham bor («Ko’ro’tli», 1939; «Nargiz», 1938; «Qalb o’g’rilari», 1938 va boshqalar). «Andalusning so’nggi kunlari» tarixiy dramasi (M.Uyg’ur tarjimasi, 1919) «Turon» teatrida, «Besh so’mlik kelin» komediyasi esa Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan. As.:Qilich vaqalam [I—2 qismlar],T., 1964.