O’RINBOYEV ASOM
O’RINBOYEV ASOM (1929.15.5, Toshkent) — sharqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (2001), tarix fanlari doktori (1985). O’rta Osiyo universitetining Sharq fakultetini tugatgan (1950). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim (1953-60), katta ilmiy xodim (1960-69), bo’lim mudiri (1969-87; 1993-94), institut direktori (1987-93), yetakchi ilmiy xodim (1994 yildan), grant mavzu rahbari (2003 yildan). Ilmiy faoliyati, asosan, Temuriylar davri tarixiga oid Sharq manbalarini o’zbek va rus tillariga tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr etish, Sharq qo’lyozmalarini tavsiflash va ularning fihristini tuzish, hujjatlar va yozishmalarni tadqiq qilish va nashrga tayyorlash kabi yo’nalishlarga oid. O’rinboyev Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Sharq qo’lyozmalari fihristlarining hammuallifi va ilmiy muharriri. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari O’zbekcha nashrining ishtirokchisi. Ayrim tadqiqotlari xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Eron, Afg’oniston, BAA, Germaniya, Yaponiya va AQShda chop etilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotti laureati (1989). As: Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi (1442-1444), T., 1960; Pismaavtografi Abduraxmana Djami iz «alboma Navoi» (vvede-niye, perevod, Primechaniya i ukazateli A.Urinbaeva), T., 1982.