Oripov Uktam Oripovich
Oripov Uktam Oripovich (1927.3.1, Jizzax shahri — 2001.15.12, Toshkent) — xirurg olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1974), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1958), tibbiyot fanlari doktori (1963), profesor (1964). SamTIni tugatgan (1948), shu institut fakultet xirurgiyasi kafedrasida klinik ordinator (1948— 50), assistent (1950-56), dotsent (1956- 61), umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri (1961-64), O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari (1964-71). Toshti rektori va fakultet xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1971-84), 1-toshti fakultet va gospital xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1984-97), 1997 yildan O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi Jigar va o’t yo’llari xirurgiyasi ilmiy markazi direktori. Ilmiy ishlari murakkab radiasion jarohatlarning kechish xususiyatlarini, organizmga radiatsion nur ta’sir qilganda shikastlangan periferik nervning o’sishini tezlashtirish, xirurgik kasalliklardagi autoimmun jarayonlarning rolini o’rganishga, jarohatlangan o’t yo’lining xirurgiyasi, surunkali glomerulonefritni davolash usullari va xirurgiyaning boshqa dolzarb masalalariga bag’ishlangan. Organlarni ko’chirib o’tqazish bo’yicha mintaqada tashkil etilgan markaz asoschisi. O’rta Osiyoda birinchi bo’lib odamda buyrakni ko’chirib o’tqazgan (1972). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998). As: qorin bo’shlig’i organlarining oshig’ich jarrohligi, T., 1991; umumiy xirurgiya, T., 1994 (xamkorlikda); tex- Nika nalojeniya jelcheotvodyatshix anastomozov mexanicheskim shvom, T., 1999 (hamkorlikda).