Orqa olay tizmasi

Orqa olay tizmasi — Pomirning shimoldagi tog’ tizmasi, olay vodiysini Janubdan o’rab turadi. Asosan, Qirg’iziston va Tojikiston chegarasida. Uzunligi 240 kilometr, eng baland joyi 7134 metr. Slanes, ohaktosh, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Shimoliy yon bag’ri uzunroq. Yon bag’irlarining quyi qismida tog’-dasht va tog’-o’tloq o’simliklari o’sadi, balandroqda — abadiy qor va muzliklar yotadi (1436 km2). Orqa olay tizmasidagi Qizilort dovoni (4280 metr) orqali O’sh — Xorug’ avtomobil trakti o’tgan.