O’RTA ASR
O’RTA ASR, o’rta asrlar — tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oralig’idagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama. O’rta asr tushunchasi 15-16-asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda 18-asrdan qaror topgan. Dastlab G’arbiy Yevropa mamlakatlari tarixiga nisbatan ishlatilgan.