O’RTA CHASHMA
O’RTA CHASHMA — Qirg’iziston Respublikasi Botken viloyatining g’arbidagi daryo. Uzunligi 25 kilometr, havzasining maydoni 229,3 kilometr kvadrat. Turkiston tizmasining shimol yon bag’ridagi turo dovonidan 1,5 kilometr shimoli g’arbda joylashgan Dukenek muzligidan (3700 metr balandlikda) boshlanadi. Chap irmog’i bo’lgan Oqgubek jilg’asi quyilgungacha Dukenek (qishloq nomi) deb ataladi. Muz va qor suvlaridan to’yinadi. Quyilish joyida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 3,90 metr kub/sekund. To’linsuv davri aprel — sentyabrda. Eng ko’p sutkalik suv sarfi iyul — avgust.