O’RTA JUZ

O’RTA JUZ — Qozog’istonda xo’jalik va geografik jihatdan alohida ajralib turadigan, bir guruh qozoq qabilalari istiqomat qiladigan hududiy birlik. 16-asr boshida shakllangan. Hozirgi Shimol, Markaziy, Shimoli Sharqiy va Sharqiy Qozog’iston hududini egallagan. O’rta juz yerlari qadimdan alanlar, qang’li, qipchoq qabila ittifoqlari shakllangan eng muhim etnik markazlardan biri bo’lgan. O’rta juz tashkil topishi bilan uning tarkibiga qipchoq, arg’in, Nayman, keray, uak, Qo’ng’irot qabilalari kirgan. O’rta juz qozoqlarining asosiy mashg’uloti qo’chmanchi chorvadorlik hisoblangan. O’rta juzning Janub qismidagi ko’chmanchilik gumanlari Sirdaryoning o’rta oqimi va O’rta Osiyodagi o’troq dehqonchilik Markazlari bilan, shimol va shimoliy Sharqiy tumanlar esa — Sibir va Rossiya bilan aloqador edi. Qozoqlar chorvachilik mahsulotlarini non, hunarmandchilik buyumlari va sanoat tovarlariga almashar edilar. Turli davrlarda O’rta juz hududida o’zaro raqobatda bo’lgan xonliklar vujudga kelgan. O’rta juzning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarining tobora mustahkamlana borishi, jung’orlarning bosqinchilik yurishlari O’rta juz qozoqlarini Rossiya tarkibiga qo’shilish jarayonini tezlashtirgan (18 asrning 40-yillari). 19-asrda O’rta juz qozoq aholisi sonining 1 million kishini tashkil etgan.