O’RTA TOG’ JINSLARI

O’RTA TOG’ JINSLARI — tarkibida 56-65% kremnezyom bo’lgan, nordon va asosli tog’ jinslari o’rtasidagi magmatik tog’jinslari. O’rta tog’ jinslariga asosan, tarkibida ozroq temir magnezialli minerallar (piroksen, shoh aldamchisi, ba’zan biotit) bo’lgan dala shpatlari kiradi; dala shpatlari orasida o’rta plagioklazlar (oligoklaz, andezit) muhimdir. O’rta tog’ jinslari orasida moddiy tarkibi bo’yicha natriyli (dioritlar, andezitlar va porfiritlar) va kaliyli (sienitlar va traxitlar) qatorlari farqlanadi. O’rta tog’ jinslari, asosan, effuziv jinslar orasida tarqalgan, ularda andezit va porfiritlar traxit va porfiritlardan ko’ra ko’proq, intruziv jinslar (diorit, sienit) nisbatan kamroq tarqalgan bo’ladi. Kvarsli dioritlar tarkibida kvars 20% gacha, diorit va sienitlarda 5% gacha uchraydi.