O`rtacha harorat
O`rtacha harorat — muayyan vaqtning o`rtacha harorati. Sutkalik o`rtacha harorat sutka davomida to`rt marta (kechasi soat 1 da, ertalab soat 7 da, kunduzi soat 13 da, kechqurun soat 19 da) o`lchangan haroratni bir-biriga qo`shib, to`rtga taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Oylik o`rta charorat oy davomidagi o`rtacha haroratlarni qo`shib, kunlar soniga taqsimlab chiqariladi. Yillik o`rtacha harorat 12 ta oylik o`rtacha haroratni qo`shib, 12 ga taqsimlash yo`li bilan topiladi. O`rtacha haroratlarni taqqoslash turli joylarning iqlimini ta’riflashga imkon beradi.