Oshanin Lev Vasilevich
Oshanin Lev Vasilevich (1884.7.3 -Toshkent — 1962.9.1) — antropolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959). professor (1935), biologiya fanlari doktori, (1939). O’rta Osiyo universiteti antropologiya kafedrasi mudiri (1939-60). O’rta Osiyo antropologiyasi asoslarini ishlab chiqqan. Oshanin O’rta Osiyo hududida 2 yevropeoid antropologik tip: Zakaspiy va ikki daryo oralig’i irqini ajratgan, shuningdek, turkmanlarni skif-sarmatlardan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezani asoslab bergan.