O’SIMLIKLARNING NASL BERISH LAYOQATINI TIKLOVCHILAR

O’SIMLIKLARNING NASL BERISH LAYOQATINI TIKLOVCHILAR — bunday liniyalarni tsitoplazmatik erkaklik bepusht formalar bilan chatishtirilganda ularning hosil berish qobiliyati qayta tiklanadi. Bepushtlikni mustahkamlovchilar — bunday liniyalar yoki navlarni tsitoplazmatik erkaklik bepusht formalar bilan chatishtirilganda bepusht formalarning bu xususiyati saqlanib qoladi. Chetdan changlanuvchi o’simliklarda majburan o’zidan changlanishni bir necha avlodlarda takrorlash genetik tabaqalanishga ega bo’lgan o’zidan changlangan liniyalar hosil bo’lishiga olib keladi. O’simliklarning nasl berish layoqatini tiklovchilar selektsiya ishida yangi navlar yaratish uchun boshlang’ich material bo’lib xizmat qiladi.